Viloyatning Urganch tumanida 2022- yilning 1- aprel holatiga 2 860 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ularning soni 13,8 % ga oshgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari soni 2 580 tani tashkil qilgan.
Eng ko‘p korxona quyidagi sohalarda faoliyat ko‘rsatgan:
- savdo – 889 ta,
- sanoat – 507 ta,
- qishloq,o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 377 ta,
- qurilish – 231 ta.
Joriy yilning yanvar-mart oylarida tumanda 123 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan.
Axborot xizmati