15/04/2022

Joriy yilning 14- aprel kuni viloyatimizning Hazorasp tumani, Urganch  va Xiva shaharlarida navbatdagi narx kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv  davomida dislokatsiyasiga tushgan savdo nuqtalarida mutaxassisilar tomonidan iste’mol narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi o‘rganildi  va narxlar  planshetlarga  qayd etib borildi.

Kuzatuv jarayonida hududiy boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari U.Bardiyev va A.Rahimov, Narx bo‘limi boshlig‘i Sh.Babajanov, yuqoridagi hududlarning narx kuzatuvlari uchun mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

 

Axborot xizmati