Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yil 1- aprel holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 109 tani tashkil etib, ulardan 13 656 tasi faoliyat yuritmoqda.
Faoliyat kу́rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 417 taga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
Rossiya – 2 390 ta
Xitoy – 1 967 ta
Turkiya – 1 961 ta
Qozog‘iston – 1 109 ta
Koreya – 890 ta
Xorijiy kapital ishtirokida 2022- yilning yanvar-mart oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
Rossiya – 107 ta
Turkiya – 95 ta
Qozog‘iston – 46 ta
Xitoy – 45 ta
Matbuot xizmati