14/04/2022

Viloyatimizda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida  2022- yilning 1- aprel holatiga 561 ta korxona va tashkilot  faoliyat ko‘rsatgan.

Ushbu korxonalarning  477 tasi yoki 85,0 %  ulushi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Soha korxonalarining yo‘nalishlar bo‘yicha  tarkibi (ulushda):

  • sog‘liqni saqlash yo‘nalishi - 94,1% ( 2021 yilning mos davriga nisbatan 12,8 % ga oshgan),
  • yashash uchun joy bilan ta’minlangan holda parvarishlash yo‘nalishi- 4,1 % ( 140,8 %),
  • yashash uchun joy bilan ta’minlanmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishi- 1,8 % (107,7 %).

 

Axborot xizmati