Tuproqqal’a tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan 146 ta sanoat korxonasi tomonidan 2022- yilning yanvar-fevral oylarida 1 252,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
2021- yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 109,6 % ni tashkil qilgan.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning 98,0 % yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Sanoat mahsulotlari hajmining tarkibi:
- avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish – 899,4 mlrd so‘m (jami ishlab chiqarishning 71,8 %).
- oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 332,6 mlrd so‘m (26,6 %).
Ma’lumot uchun: viloyat sanoat ishlab chiqarishining jami hajmidagi eng yuqori ulush Tuproqqal’a tumaniga to‘g‘ri kelib, 52,6 % ni tashkil etgan.
Axborot xizmati