14/04/2022

Avval xabar berganimizdek, viloyatimiz hududlarida narx kuzatuvlari o‘tkazilmoqda.

2022- yilning 13- aprel kuni  navbatdagi kuzatuvlar viloyatimizning Urganch shahri, Qo‘shko‘pir va Yangiariq tumanlarining  dehqon bozorlarida bo‘lib o‘tdi..

Kuzatuv jarayonida hududiy boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari U.Bardiyev va A.Rahimov, Narx bo‘limi boshlig‘i Sh.Babajanov, yuqoridagi hududlarning narx kuzatuvlari uchun mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Hududlardagi bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning minimal, maksimal hamda o‘rtacha narx ko‘rsatkichlarini kuzatish va planshetlarga qayd etish davomida,  mas’ullar narx registratorlariga kuzatuv jarayonida narxlarning  shaffofligiga  asosiy e’tiborni qaratishga doir zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berishdi.

 

Axborot xizmati