2022- yilning yanvar-fevral oylarida Hazorasp tumanida umumiy hajmi 106,8 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.
2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,4 %ga teng bo‘lgan.
Viloyat xizmatlar hajmida tumanning ulushi 7,5% ni tashkil qilgan, bu viloyat bo‘yicha 3-ko‘rsatkichdir.
Aholi jon boshiga o‘rtacha xizmatlar hajmi 540,1 ming so‘mni tashkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra, jami xizmatlar tarkibida eng yuqori ulush moliyaviy xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan va 30,2 % darajada qayd etilgan.
Axborot xizmati