2021- yil yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 1 861,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 32,3 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 7,2 % ga yetdi va o‘tgan yilga nisbatan 1,2 foiz punktga, 2017- yilga nisbatan 1,9 foiz punktga oshdi.
Matbuot xizmati