2022- yilning yanvar-fevral oylarida Bog‘ot tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan 235 ta sanoat korxonasi tomonidan 50,7 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi 2021-yilning mos davriga nisbatan 102,7 %ni tashkil qilgan.
Mahsulot ishlab chiqarishda eng katta ulush yirik sanoat korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 72,2 % ni yoki 36,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Sanoat mahsulotlari hajmining faoliyat turiga ko‘ra tarkibi:
- to‘qimachilik mahsulotlari – 30,3 mlrd so‘m (jami hajmning 59,8 %),
- oziq-ovqat mahsulotlari – 17,2 mlrd so‘m (33,9 %),
- boshqa tayyor buyumlar ishlab chiqarish – 0,8 mlrd so‘m (1,6 %).
Axborot xizmati