2021/2022- o‘quv yili boshiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan umumta’lim muassasalarida jami 360,7 ming nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.
O‘quvchilar soni 2016/2017- o‘quv yiliga nisbatan taqqoslaganda, 78,7 ming nafarga ko‘paygani yoki 27,9 % ga oshgani kuzatilgan.
O‘quv yillari kesimida umumta’lim muassasalarida tahsil olayotgan
o‘quvchilar soni:
- 2016/2017- o‘quv yilida - 282,0 ming,
- 2017/2018- o‘quv yilida – 308,9 ming,
- 2018/2019- o‘quv yilida – 341,3 ming,
- 2019/2020- o‘quv yili – 353,0 ming,
- 2020/2021- o‘quv yili – 358,2 ming,
- 2021/2022- o‘quv yili – 360,7 ming.
Ma’lumot uchun: viloyatda 2021/2022- o‘quv yilining boshiga 559 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 4 ta boshlang‘ich maktab va 4 ta boshqa muassasalari faoliyat yuritgan.
Axborot xizmati