12/04/2022

Joriy yilning 11-  aprel kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi  boshlig‘i X.Egamov, o‘rinbosarlari U.Bardiev, A.Rahimov hamda Narx statistikasi bo‘limi  xodimlari ishtirokida oylik iste’mol narxlari indeks kuzatuvi o‘tkazildi.

Kuzatuv jarayonida viloyatning Gurlan, Hazorasp tumanlari va Xiva shahridagi tanlanma kuzatuvga tushgan  xizmat ko‘rsatish obyektlarida aholiga  ko‘rsatilayotgan turli xil xizmatlarning narxlari o‘rganildi, qiyosiy tahlil qilindi.  Shu bilan birga  hududlardagi narxlarni ro‘yxatga olishga mas’ul qilib belgilangan xodimlar (registratorlar)ga  xizmat ko‘rsatish narxlarining  realligi va shaffofligiga e’tibor berish hamda tanlanma kuzatuvni  samarali o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

   Narx kuzatuvlari viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.

 

Axborot xizmati