11/04/2022

2022-  yilning yanvar-fevral oylarida Urganch tumanining tashqi savdo aylanmasi hajmi 8,2 mln AQSH dollarini tashkil qilgan (2021- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 142,3 %).

Shundan:

  • Eksport – 5,4 mln dollar ( 2,9 marta ko‘paygan),
  • Import – 2,8 mln dollar (28,5 % kamaygan).

 Eng ko‘p eksport tovarlari   hajmi (3,1 mln dollar)  MDH davlatlari hissasiga, import mahsulotlari hajmi (1,8 mln dollar) esa boshqa xorijiy davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Tumandan hisobot davrida eksport qilingan mahsulotlar hajmi tarkibida sanoat mahsulotlari (1.8 mln dollar) va xizmatlar (1,7 mln dollar) ustunlik qilgan.

Import tarkibida mashina va transport asbob-uskunalari importi 1,3 mln dollarga teng bo‘lib,  umumiy hajmning 46,3 % ni tashkil qilgan.

 

 

  Axborot xizmati