11/04/2022

Joriy yilning yanvar-mart oylarida viloyatda 1 352 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ularning soni 2,6 % ga oshgan.

2021- yilning  yanvar-mart oylariga nisbatan  yangi tashkil etilgan korxonalar sonining  o‘sishi qayd etilgan iqtisodiy faoliyat turlari:

  • tashish va saqlash xizmatlari sohasi – 168,0 %,
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 144,0 %,
  • savdo – 103,6 %.

 

2022- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatda yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 679 tani (2021- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 74,1 %), mart oyida  673 ta tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati