Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-fevral oylarida 18 ta xorijiy davlatdan qiymati 6,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 5,2 ming tonna choy import qilgan.
Choy importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,9 ming tonnaga oshgan.
2022- yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekiston choy mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 4,3 ming tonna
Eron – 248 tonna
Keniya – 217 tonna
Indoneziya – 88,3 tonna
Shri-Lanka – 87 tonna
Vetnam – 65 tonna
BAA – 44,2 tonna
Hindiston – 43 tonna
Rossiya – 38 tonna
Qozog‘iston – 30,2 tonna
Pokiston – 22,5 tonna
Turkiya – 19,2 tonna
Germaniya – 1 tonna
Matbuot xizmati