07/04/2022

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida viloyat sanoatida 602,4 mlrd so‘mlik iste’mol tovarlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, jami sanoat ishlab chiqarishi hajmida iste’mol mahsulotlarining ulushi 54,0 % ni tashkil qilgan.

 Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning hududlar kesimida taqsimlanishi:

  • Tuproqqal’a tumani – 432,5 mlrd so‘m,
  • Urganch shahri – 68,2 mlrd so‘m,
  • Xonqa tumani – 19,9 mlrd so‘m,
  • Urganch tumani – 14,0 mlrd so‘m,
  • Bog‘ot tumani – 10,0 mlrd so‘m,
  • Shovot tumani – 9,4 mlrd so‘m,
  • Gurlan tumani – 8,7 mlrd so‘m,
  • Yangiariq tumani – 8,5 mlrd so‘m,
  • Qo‘shko‘pir tumani – 7,2 mlrd so‘m,
  • Hazorasp tumani – 6,9 mlrd so‘m,
  • Xiva tumani – 6,6 mlrd so‘m,
  • Xiva shahri – 5,5 mlrd so‘m,
  • Yangibozor tumani – 5,0 mlrd so‘m.

 

Axborot xizmati