Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning 2 oyida viloyatda ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining 2021- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 112,8 % ni tashkil qilgan.
2022- yil yanvar-fevral oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan xizmatlarning o‘sish sur’ati ko‘rsatkichlari:
moliyaviy xizmatlar – 131,7 %,
aloqa va axborotlashtirish – 120,5 %,
me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar -116,3 %,
sog‘liqni saqlash xizmatlari – 112,7 %,
kompyuterlarni ta’mirlash xizmatlari – 111,4 %,
savdo xizmatlari – 109,1 %,
shaxsiy xizmatlar – 108,5 %,
transport xizmatlari – 108,3 %,
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 106,7 %,
yashash va ovqatlanish xizmatlari – 101,4 %,
ta’lim xizmatlari – 93,3 %,
ijara xizmatlari – 73,6 %.
Axborot xizmati