Joriy yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimiz MDH davlatlariga qiymati 25,6 mln AQSH dollar bo‘lgan mahsulotlar (xizmatlar) eksportini amalga oshirgan. Bu jami eksportning 67,9 % ni tashkil qiladi.
Eksport tarkibida ustunlikka ega mahsulot (xizmat)lar hajmi:
- sanoat tovarlari – 10,7 mln dollar,
- oziq-ovqat mahsulotlari – 8,3 mln dollar,
- turli xil tayyor buyumlar – 3,0 mln dollar,
- xizmatlar – 2,8 mln dollar.
Taqqoslash uchun: 2021- yilning yanvar-fevral oylarida MDH davlatlariga eksport hajmi 17,9 mln dollarni, umumiy eksport hajmidagi ulushi esa 57,7 % ni tashkil qilgan.
Axborot xizmati