01/04/2022

2022- yilning  yanvar-fevral oylari yakunlari bo‘yicha o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi  hajmi viloyatda  840,6 ming      so‘mni tashkil qilgan.

Bu ko‘rsatkich 2021- yil yanvar-fevral oylariga nisbatan  24,1 % ga oshgan.

 O‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasining yuqori o‘sish sur’ati Urganch shahri (157,5%), Gurlan (116,0 %), Bog‘ot    (113,4 %), Hazorasp (108,6 %) va Yangibozor (105,1 %)  tumanlarida  qayd etildi.

 

                                                                      Axborot xizmati