17/03/2022

2022- yilning 1- mart holatiga viloyatda 23 814 ta kichik tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 22 131 tasi (93,0 %) faoliyat ko‘rsatgan.

 Joriy yilning yanvar-fevral oylarida 657 ta yangi kichik korxona va mikrofirma tashkil etilgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng ko‘p kichik biznes subyektlari savdo (7 533 ta), sanoat (4 274 ta), qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (2 814 ta) va qurilish sohasida (2 006 ta) faoliyat ko‘rsatgan.

 Axborot va aloqa sohasida ularning soni eng kam – 331 tani tashkil qilgan.

 

    Axborot xizmati