Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar oyida 7 ta davlatga qiymati qariyb 2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan gilam eksport qilgan.
Gilam eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 439,8 ming AQSh dollariga kam.
2022- yilning yanvar oyida O‘zbekiston gilam eksport qilgan asosiy davlatlar:
— Qirg‘iz R. – 1,2 mln.
— Ozarbayjon – 371,1 ming
— Rossiya – 262,1 ming
— Afg‘oniston – 68,4 ming
— Xitoy – 38,6 ming
— Tojikiston – 14,5 ming AQSh dollari
Matbuot xizmati