2022– yilning 1– fevral holatiga viloyatda 4 326 ta sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatgan.
2021- yilning shu davriga nisbatan ularning soni 625 taga yoki 16,9 % ga oshgan.
Sanoat korxonalarining iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra tarkibi:
- ishlab chiqarish (qayta ishlash) sanoatida – 4 237 ta
- tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoatida – 19 ta
- suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish sanoatida – 51 ta,
- elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoatida – 19 ta.
Axborot xizmati