2021– yilning yanvar-dekabr oylarida Urganch shahrida jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 1 976,3 mlrd.so‘mni tashkil qilgan.
Shundan:
- Markazlashgan investitsiyalar hajmi – 587,5 mlrd.so‘m,
- Markazlashmagan investitsiyalar hajmi – 1 388,8 mlrd.so‘m.
Investitsiyalar umumiy hajmida eng ko‘p ulush korxonalarning o‘z mablag‘lari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 43,8 % ni yoki 864,5 mlrd.so‘mni tashkil qilgan.
2020- yilning mos davriga nisbatan Urganch shahrida o‘zlashtirilgan investitsiyalarning o‘sishi 10,7 % , viloyat jami hajmiga nisbatan ulushi 23,0 % darajada qayd etilgan.
Axborot xizmati