2022– yilning 1– fevral holatiga viloyatda 4 699 ta oilaviy korxona faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 036 taga yoki 28,3 foizga oshgan.
2022- yilning yanvar oyida yangi tashkil etilgan shu turdagi korxonalar soni 97 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalarning qariyb 80,0 % quyidagi sohalar hissasiga to‘g‘ri kelgan:
- savdo – 1 605 ta,
- sanoat – 1 294 ta,
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 838 ta.
Axborot xizmati