01/02/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,9 % ga qimmatlashdi.

Yillik o‘sishda iste’mol narxlari indeksining o‘sish darajasi 9,8 % ga etdi.

2022- yilning yanvar oyida narxlar va tariflar o‘sishida etakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, narxlari o‘rtacha 1,3 foizga oshdi. SHu davrda nooziq-ovqat tovarlari 0,5 foizga, aholiga pullik xizmatlar 0,7 foizga oshdi.

2022- yil yanvar oyida an’anaviy ravishda meva-sabzavot mahsulotlari oylik narxlarning oshishida yetakchilik qildi.

 Mevalar narxi 2021- yil oxiriga nisbatan 3,1 foizga, sabzavotlar 5,8 foizga qimmatlashdi.

Go‘sht mahsulotlari, aksincha, oy davomida biroz arzonlashdi (0,4 foiz).

Matbuot xizmati