31/01/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil 1- yanvar holatiga doimiy aholi soni 35 271,3 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 712,4 ming kishiga yoki 2,1 % ga ko‘paydi.

Mos ravishda ayollar soni 346,6 ming kishiga yoki 2,0 % ga, erkaklar soni esa 365,7 ming kishiga yoki 2,1 % ga ko‘paygan.

 Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra 2021- yil 1 – yanvar holatiga yer yuzidagi jami aholi soni 7 875 mln. kishini tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasi aholi soni bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasida 43-o‘rinda qayd etilgan.

Matbuot xizmati