26/01/2022

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilda O‘zbekistonda jami 107,4 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. 2020- yilga nisbatan o‘sish sur’ati 106,8 % ni tashkil etdi.

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 5,6 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 5,2 % ga teng.

Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 101,8 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 94,8 % ga teng.

Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 29,7 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 56,4 trln. so‘mni tashkil qilgan.

 

Matbuot xizmati