Xiva shahrida 2021-yilning 1-25- noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlarida ishtirok etgan xalqaro kuzatuv missiyasi tomonidan tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalar berildi.
Ana shu tavsiyalar qatorida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishni yanada jonlashtirishga asosiy urg‘u berildi. Sababi, tadbir jarayoni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirich zarurligini ko‘rsatdi.
Targ‘ibot va tashviqot ishlarining maqsadi nimalardan iborat va u qanday shakllarda olib boriladi ?
Aytib o‘tish kerakki, ushbu ishlardan maqsad jamoatchilikka tadbirning asosiy mazmunini yetkazish orqali, aholining o‘z fuqarolik pozitsiyasidan kelib chiqqan holda, 2023- yildagi asosiy tadbirda faol va uyushqoqlik bilan ishtirok etishini ta’minlashdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun targ‘ibot ishlarini quyidagi yo‘nalishlarda olib borish belgilangan:
-televideniya orqali ko‘rsatuvlar, seminarlar va davra suhbatlarini tashkil etish,
- videoroliklarni televideniya va aholi gavjum bo‘lgan joylardagi monitorlarda namoyish etish,
- radio orqali eshittirishlar tashkil etish,
- gazeta va jurnallarda maqolalar chop etish,
- rasmiy veb-saytlarda maqolalar va tezislar joylashtirish, ya’ni viloyat va tuman darajasidagi tashkilot, korxona va muassasalarning rasmiy veb-saytlariga maqola yoki tezislar joylashtirib borish,
- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablarida seminar yoki davra suhbatlarini tashkil etish. Bunda asosiy e’tiborni tadbirning huquqiy, metodologik hamda nazariy asoslarini tanishtirishga qaratish nazarda tutiladi.
Yuqoridagilar ko‘rinadiki, aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish keng qamrovli ishlarni bajarishni talab qilganidek, targ‘ibot va tashviqot ishlari ham ommaviy axborot vositalari, korxona va tashkilotlar bilan uzviy hamkorlikda ishlashga qaratilgan.
Sanobar Qurbonova
Viloyat statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘limi yetakchi mutaxassisi