2021- yilning yanvar-noyabr oylarida Urganch shahrining tashqi savdo aylanmasi hajmi 112,9 mln AQSh dollarini tashkil qilgan.
2020- yilning mos davriga nisbatan hajmning o‘sish sur’ati 113,7 % ga teng bo‘lgan.
Umumiy hajmi 27,3 mln.dollar bo‘lgan eksport tarkibida eng yuqori – 38,6 % ulush sanoat mahsulotlari (15,1 mln.dollar) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Importning hajmi 85,6 mln.dollarni tashkil etib, mashina va transport asbob-uskunalari importi jami hajmning 53,4 % ni yoki 45,7 mln.dollarni tashkil etgan.
Axborot xizmati