11/01/2022

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida Gurlan tumanida 416,6 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

 Sanoat ishlab chiqarish umumiy hajmining 66,8 %  yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Tuman sanoatning  yetakchi tarmog‘i bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 318,2 mlrd.so‘mni tashkil qilgan, bu ko‘rsatkich  jami ishlab chiqaradigan sanoatning 76,4 % ga teng.

Ma’lumot o‘rnida: tumanda 2021- yilning 1- dekabr holatiga 235 ta sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatib, shundan 232 tasini kichik biznes subyektlari tashkil etgan.

 

                                                        Axborot xizmati