10/01/2022

2021- yilning  11 oyida Xiva tumanining xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi hajmi 22,8 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan.

2020- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan TSA hajmi 65,3 % ga ko‘paygan.

Umumiy hajmi 14,8 mln.dollarga teng bo‘lgan eksport tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi (47,8 %) yuqori bo‘lgan, import hajmida esa mashina va transport asbob-uskunalari (43,6 %) ning hissasi katta bo‘lgan.

 Xiva tumani eng ko‘p mahsulot (xizmat) ni MDH davlatlariga eksport (10,2 mln. dollar yoki jamiga hajmning 68,8 % ) qilgan bo‘lsa, import bo‘yicha boshqa xorijiy davlatlarning ulushi (80,7 %) yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan.

                                                                         

                                                          Axborot xizmati