2021- yilning yanvar-noyabr oylarida Urganch tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 630,7 mlrd.so‘mni tashkil qilgan, bu ko‘rsatkich viloyat umumiy hajmining 8,2 % ga teng.
2020- yilning 11 oyiga nisbatan tumanda xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati 118,8 % darajada qayd etilgan.
Aholi jon boshiga bozor xizmatlari o‘rtacha 3 110,1 ming so‘mni tashkil etgan.
Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra jami hajmda yuqori ulush savdo xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 37,6 % ni yoki 237,3 mlrd.so‘mni tashkil qilgan.
Axborot xizmati