08/01/2022

Xonqa tumani statistika bo‘limi tomonidan 2023- yilda butun respublikamizda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish doirasida ko‘plab targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. 2022- yilning ilk haftasida ana shunday tadbirlar tumandagi 40-sonli umumta’lim maktabi, 2-son kasb-hunar maktabi pedagog-xodimlari hamda tuman Axborot-kutubxona Markazi jamoasi ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv va davra suhbatlari davomida tuman statistika bo‘limi etakchi mutaxassisi M.Masharipova ushbu ijtimoiy-iqtisodiy tadbirning mazmun-mohiyati, o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad va tadbirning ahamiyatini batafsil tushuntirib berdi.

 

                                                                 Axborot xizmati