2021- yilning 11 oyi yakunlari bo‘yicha Urganch shahrida jami ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2 632,2 mlrd.so‘mni tashkil qilgan va viloyat umumiy hajmidagi ulushi 34,4 % ga teng bo‘lgan.
Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng yuqori ulush (hajm) ga ega xizmat sohalari:
- moliyaviy xizmatlar – 30,8 % (810,8 mlrd.so‘m),
- savdo xizmatlari – 18,7 % (492,0 mlrd.so‘m),
- transport xizmatlari – 17,1 % (450,2 mlrd.so‘m).
Urganch shahrida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi o‘rtacha 18 090,6 ming so‘mga teng bo‘lgan.
Xizmatlar hajmida eng yuqori ulush yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan va 55,1 % (1 451,0 mlrd.so‘m) darajada qayd etilgan.
Axborot xizmati