06/01/2022

Xiva shahrida 2021- yilning 1-25- noyabr kunlari o‘tkazilgan sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri davomida qog‘oz  shaklida  yig‘ilgan  axborotlar   viloyat statistika boshqarmasi huzurida tashkil etilgan Birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish markazida  13 nafar operator tomonidan 2022- yil 1- aprelga qadar elektron tizimga joylashtiriladi.

Shu o‘rinda aytish o‘rinliki, 2021- yilning  6-10 noyabr kunlari internet tarmog‘i orqali  Xiva shahrida ro‘yxatdan o‘tganlar soni  1 301  kishini  (1,5  foiz)

tashkil etgan bo‘lsa, sinov  tariqasida  aholini  ro‘yxatga  olishning dastlabki natijalariga ko‘ra, shaharda umumiy hisobda 17,5 mingta xonadonda 89,3 ming kishi ro‘yxatga olindi. Respublikaning tadbir o‘tkazilgan  4 ta hududi bo‘yicha   jami 138,8 mingta xonadonda 585 ming kishi ro‘yxatga olingan.

 Aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish 2023- yilda o‘tkaziladigan asosiy tadbirdan oldin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish va puxta tayyorgarlik ko‘rish vazifasini bajardi.

 O‘z navbatida aholini yalpi ro‘yxatga olish  natijalari  milliy  barqaror rivojlanish  maqsadlari  indikatorlarini  shakllantirish,  xalqaro  reytinglar  va  indekslarda, jumladan, Statistika salohiyati indeksi, Inson barkamolligi indeksi, Iqtisodiy erkinlik indeksi kabilarda mamlakatimizning o‘rnini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Shu  bilan  birga,  ro‘yxatga  olish natijalari xorijiy investorlarni kengroq jalb qilish, investitsion  muhitni  yanada  yaxshilash,  turizm  salohiyatini oshirish, iqtisodiyot yuksalishi va pirovardida  aholimizning  farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

 

 

                 Xorazm viloyati statistika boshqarmasi Axborot xizmati