30/12/2021

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021- yilning 11 oyida 16 ta xorijiy davlatlarga qiymati 12,3 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 16,1 ming tonna anor eksport qilgan.

Anor eksporti 2020- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 ming tonnaga oshgan. O‘zbekiston eng ko‘p anor eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 6 ming tonna

Qozog‘iston – 5,6 ming tonna

Qirg‘iz R. – 2,1 ming tonna

Tojikiston – 1,2 ming tonna

Ukraina – 477 tonna

Xorijga eng ko‘p anor eksport qilgan hududlar:

Farg‘ona viloyati – 5,5 ming tonna

Surxondaryo viloyati – 3,1 ming tonna

Toshkent viloyati – 2,1 ming tonna

Xorazm viloyati – 1,3 ming tonna

                                                                                                                         Matbuot xizmati