30/12/2021

2021- yilning yanvar-noyabr oylarida Xiva tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish tashkilotlari tomonidan umumiy hajmi 356,7 mlrd.so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

 Jami bajarilgan qurilish ishlari hajmida eng yuqori ulush kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan va 62,8 % ni tashkil qilgan.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra bino va inshootlar qurilishining ulushi (81,5 %) yuqori bo‘lib, hisobot davrida  ularning hajmi 290,9 mlrd.so‘mni tashkil etgan.

 

                                                                 Axborot xizmati