24/12/2021

2021- yil yanvar-noyabr oylarida viloyatda o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 4 874,9 ming so‘mni (2020- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan  8,5 % ga oshdi) tashkil qilgan.

Ushbu ko‘rsatkich hududlar kesimida solishtirilganda, aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasida yuqori hajmlar Urganch shahri (22 187,3 ming so‘m), Gurlan (5 254,7 ming so‘m) va Hazorasp  (4 892,5 ming so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Yuqori o‘sish sur’ati Yangibozor (118,5 %), Bog‘ot (114,9 %), Gurlan (114,7 %) va  Shovot (113,8 %) tumanlarida   kuzatilgan.

 

                                                                     Axborot xizmati