23/12/2021

2023- yilda o‘tkaziladigan yalpi aholini ro‘yxatga olish tadbirining targ‘ibotiga qaratilgan uchrashuv va davra suhbatlari viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

Joriy yilning 22-23- dekabr kunlari mazkur tadbirning targ‘ibotiga bag‘ishlab viloyatning bir qator idora va tashkilotlarida uchrashuv va seminarlar tashkil etildi. Jumladan,  Qo‘shko‘pir tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida, Urganch shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida, TTA Urganch filiali talabalri o‘rtasida, shahardagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida, shuningdek, Xonqa  tumanidagi 20-sonli, Yangiariq tumanidagi 31-sonli, Gurlan tumanidagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo'lib o'tgan tadbirlar davomida aholini ro‘yxatga olish ishlarining maqsadi, mazmun-mohiyati hamda o‘tkazilish tartibi xususida zarur ma’lumotlar berildi.       

     

                                 Axborot xizmati