16/12/2021

Mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rishda  targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. 

O‘tayotgan haftada viloyatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi, Xonqa tumanida ham  faoliyat ko‘rsatayotgan bir qator idora va tashkilotlarda ro‘yxatga olish ishlariga bag‘ishlangan  davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etildi.

Xususan, tumandagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari, 6-sonli MTM ishchi-xodimlari hamda “Fidoyilar” mahalla fuqarolar yig‘inlari faollariga aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan  ma’lumotlar berildi.

Hududlarda o‘tkazilayotgan  tadbirlarda asosiy e’tibor,  aholini ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari hamda  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 - yil 11- noyabrdagi 710-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-  yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning asosiy qoidalarini tushuntirishga qaratilgan.

 

                                                                                Axborot xizmati