13/12/2021

2021- yilning 10 oyida  Gurlan tumanida faoliyat yuritayotgan 60 ta qurilish tashkilotlari tomonidan 186,9 mlrd.so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Jami hajmning 82,9 mlrd.so‘mi kichik korxona va mikrofirmalar  hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, 104,9 mlrd.so‘mlik qurilish ishlari esa norasmiy sektor  tomonidan amalga oshirilgan.

 Qurilish ishlarining sohalar kesimidagi tarkibi (ulushda):

  • Bino va inshootlar qurilishi – 84,6 % (158,2 mlrd. so‘m),
  • Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 11,5 % (21,4 mlrd. so‘m),
  • Fuqarolik obyektlari qurilishi – 3,9 % (7,3 mlrd. so‘m).

 

                                             Axborot xizmati