10/12/2021

Joriy yilning 10 oyi yakunlari bo‘yicha Hazorasp tumanida 509,3 mlrd.so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, viloyat jami hajmida tumanning ulushi 7,4 % ni tashkil qilgan.

O‘tgan yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan xizmatlar hajmining o‘sish sur’ati 117,8 % ni tashkil etgan.

 Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra tumanda eng yuqori ulushga ega xizmat turlari:

  • Savdo xizmatlari – 29,3 %,
  • Moliyaviy xizmatlar – 25,4 %,
  • Transport xizmatlari – 24,8 %,
  • Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 6,6 %

Ma’lumot uchun: hisobot davrida tumanda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari aholi jon boshiga 2 578,5 ming so‘mga teng bo‘lgan.

                                                         

                                                            Axborot xizmati