Joriy yilning 10 oyi yakunlari bo‘yicha Xonqa tumanida umumiy hajmi 168,5 mlrd.so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,4 % ni tashkil qilgan.
Tumanning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish jami hajmidagi ulushi 13,3 % ni tashkil qilgan. Bu viloyatda Urganch shahri ( ulushi 36,7 %) dan keyingi 2-ko‘rsatkichdir.
Ma’lumot uchun: viloyatda hisobot davrida 1,3 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Axborot xizmati