09/12/2021

O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 710-sonli (11.11.2020- yil) qaroriga  asosan aholini ro‘yxatga olish natijasida to‘plangan birlamchi ma’lumotlar hududiy statistika boshqarmalari huzurida tashkil etilgan  markazda elektron bazaga kiritiladi va qayta ishlanadi.

Shundan kelib chiqqan holda, Xiva shahrida shu yilning 1-25- noyabr kunlari  sinov tariqasida o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlashda ishtirok etuvchi markaz boshlig‘i, operatorlar guruhi boshlig‘i, hujjatlarni saqlash xodimlari (arxiv xodimi), ma’lumotlarni kiritish va mantiqiy nazorat qilish bo‘yicha operatorlardan iborat 15 kishilik jamoa shakllantirildi.

 Jarayon maxsus dasturiy ta’minot asosida amalga oshirilishi e’tiborga olinsa, ushbu amaliyotga jalb qilinadigan xodimlardan katta mas’uliyat va ko‘nikma talab etiladi. Shu boisdan bugun, 9- dekabrdan e’tiboran  ushbu xodimlarni tayyorgarlikdan o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan maxsus o‘quv kurslari o‘z ishini boshladi.

Eslatib o‘tamiz, sinov tariqasida o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini elektron bazaga kiritish  va tahrirlash ishlari  2022- yilning yanvar oyidan  boshlanadi.

 

                                             Axborot xizmati