2021- yilning 1- noyabr holatiga Yangiariq tumanida 1 120 ta tijorat korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu viloyatdagi shu turdagi korxonalarning 5,2 % ni tashkil qiladi.
2020- yilning mos davriga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 58 taga oshgan.
Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida tumanda 159 ta yangi tijorat korxonasi tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda ular sonining 69 taga kamayishi kuzatilgan.
Axborot xizmati