Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida Gurlan tumanida 186,9 mlrd.so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, 2020- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 127,5 % ni tashkil qilgan.
Mulkchilik shakliga ko‘ra bajarilgan qurilish ishlarining 0,1 % (0,1 mlrd.so‘m) davlat mulkchiligidagi tashkilotlar, 99,9 % (186,8 mlrd.so‘m) nodavlat qurilish tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Tahlillar mazkur ko‘rsatkich viloyat bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlari hajmida davlat mulkchiligining eng kichik va nodavlat mulkchilikning eng katta ulushi ekanini ko‘rsatgan.
Axborot xizmati