Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon va chorva (parranda) bozorlarida tanlanma kuzatuv o‘tkazilgan.
Kuzatuv natijalari bo‘yicha uy xo‘jaligida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, parrandalar va chorva mollari savdosining umumiy hajmi 1 433,8 mlrd.so‘mni tashkil qilgani qayd etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan savdo aylanmasi hajmi dehqon bozorlarida 757,9 mlrd. so‘mni (2020- yilning mos davriga nisbatan 17,1 % ga oshgan), chorva (parranda) bozorlarida 675,9 mlrd. so‘mni ( 80,4 % ga oshgan) tashkil etgan.
Axborot xizmati