2023- yilda butun mamlakatimiz miqyosida o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishning mohiyatini fuqarolarimizga tushuntirish va keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida tashkil etib kelinayotgan tadbirlar viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.
Targ‘ibot ishlari davomida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, uning yakunida olinadigan ma’lumotlarning mamlakatimiz iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishidagi ahamiyati keng jamoatchilikka etkazilmoqda.
Shu yilning 1-3- dekabr kunlari TATU Urganch filiali, Urganch shahridagi 28-sonli umumta’lim maktabida, Xonqa tumanidagi 2 va 4-sonli, Gurlan tumanidagi 2-sonli, Hazorasp tumanidagi 1-sonli, Tuproqqal’a tumanidagi 1-sonli, Qo‘shko‘pir tumanidagi 27-sonli umumta’lim maktablarida, barcha hududlardagi bir qator idora va tashkilot hamda mahalla fuqarolar yig‘inlarida mavzuga doir suhbatlar, seminarlar tashkil etildi.
O‘z navbatida Xiva shahrida aholini ro‘yxatga olish tadbiri davomida to‘ldirilgan savolnomalarni ro‘yxatga olish uchastkalari boshliqlaridan qabul qilib olish jarayoni davom etmoqda.
Axborot xizmati