02/12/2021

Xorazm viloyati aholi umumiy daromadlarining katta qismi mehnat faoliyatidan olingan daromadlari (jami aholi umumiy daromadlarining 57,9 % i) hisobiga shakllandi, bu yollanma ishchilarning daromadlari (17,8 %) va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarni (40,1 %) o‘z ichiga oladi.

Aholi umumiy daromadlari tarkibida shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi 5,9 %, mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 1,2 %, transfertlardan olingan daromadlar ulushi 35,0 % ni tashkil qildi.

 

 

Matbuot xizmati