02/12/2021

2021- yil yanvar-sentabr oylarida viloyatda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 3 900,5 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan. Bu ko‘rsatkich xizmatlar umumiy hajmining 64,1 % ga teng bo‘lgan va o‘sish sur’ati 2020- yilning  yanvar-sentabr oylariga nisbatan 119,4 % ni tashkil qilgan.

Hududlar  kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p xizmatlar hajmi Urganch shahri (881,9 mlrd. so‘m), Urganch (363,6 mlrd. so‘m), Hazorasp (290,0 mlrd. so‘m) tumanlarida kuzatilgan.

Xizmatlar hajmining o‘tgan yilning shu davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’ati esa Tuproqqal’a tumani (187,2 %), Xiva shahri (143,4 %) hamda Xiva tumanida (140,8 %) qayd etilgan.

 

 

                                Axborot xizmati