23/11/2021

2021- yilning yanvar-sentyabr oylarida viloyatning Gurlan tumanida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 208,2 mlrd.so‘mni tashkil qilgan va 2020- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati  viloyat bo‘yicha eng quyi - 101,1 % darajada qayd etilgan.

Aholi jon boshiga asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiya hajmi 1 969,2 ming so‘mni tashkil qilgan.

Hisobot davrida tumanda asosiy kapitalga 125,1 mlrd so‘mlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilgan.

 

                                                Axborot xizmati